Maxsus imkoniyatlar

Ekran o'lchami

50 %

Shrift o'lchami

50 %

Google tarjimon:

Saytni baholash
119
24
Sayt test rejimida ishlamoqda...

182025-11-01 08:40

Har bir xonadonda issiqxona — daromad ham shunga yarasha

http://api3.fergana.uz/files/151300/news/file-2105552269945935.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151300/news/file-2105552269949520.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151300/news/file-2105552269950715.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151300/news/file-2105552269954300.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151300/news/file-2105552269956690.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151300/news/file-2105552269959080.jpg
http://api3.fergana.uz/files/151300/news/file-2105552269960275.jpg

Rishton tumani Yoshlik mahallasida 672 ta xonadon yashab, aholisi 4008 nafardan iborat. Bu yerning aholisi mehnatsevarligi, yerga mehr qo‘yishi va tomorqadan samarali foydalanish madaniyati bilan ajralib turadi. Bugungi kunda xonadonlarning 70–80 foizida turli xil ko‘katlar va sabzavotlar yetishtirilmoqda.

Mahallada issiqxona xo‘jaligiga bo‘lgan qiziqish ham tobora kuchaymoqda. Shular sirasida Qahramon Temirov o‘zining 4 sotix tomorqasida issiqxona tashkil etib, yiliga uch mahal hosil olayotgan fidoyi tadbirkorlar qatorida. U yetishtirayotgan ko‘katlar bozor talabiga ega bo‘lib, oilasiga oyiga o‘rtacha 20-25 million so‘mgacha daromad keltirmoqda.

Bu nafaqat Qahramon Temirov oilasining farovonligi, balki butun mahalla uchun namunaviy tajriba bo‘lib xizmat qilmoqda. Yoshlik mahallasi aholisi o‘z tomorqasidan oqilona foydalanib, iqtisodiy barqarorlik va foydali bandlikni ta’minlash mumkinligini amalda isbotlamoqda.

Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!

Tavsiya etamiz