🏙 Xitoylik investorlar bilan 10 million dollarlik loyiha bo‘yicha memorandum imzolandi








Xitoylik ishbilarmonlar delegatsiyasining Rishton tumaniga tashrifi uchinchi kuni ham samarali faoliyat bilan yodda qoldi.
Mehmonlar tumanimizdagi bir qator ob’yektlarda bo‘lib, mavjud imkoniyatlar va infratuzilma bilan yaqindan tanishdilar. Ular mahalliy ishlab chiqarish salohiyati, xizmat ko‘rsatish sohasidagi imkoniyatlar hamda yangi qurilish maydonlarini ko‘zdan kechirishdi.
Shu kuni tuman hokimi bilan uchrashuv ham bo‘lib o‘tdi. Suhbat davomida o‘zaro hamkorlikni yanada mustahkamlash, qo‘shma loyihalarni amalga oshirish bo‘yicha muhim kelishuvlarga erishildi.
Natijada Rishton tumanida o‘quv markazi, zamonaviy supermarket va ko‘p qavatli uylar qurish bo‘yicha 10 million dollarlik memorandum imzolandi.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Har bir xonadonda issiqxona — daromad ham shunga yarasha



Mehnat faxriysi – umrini Vatanga bag‘ishlagan inson

Rishtonda “Xing Lu Zao 57” navi bilan barakali hosil





