Rishton tumanida Do‘stlik kuniga bag‘ishlangan bayram tadbiri o‘tkazildi

30 iyul — Do‘stlik kuni munosabati bilan Rishton tumani hokimligi tashabbusi bilan tuman madaniyat bo‘limida “Do‘stlik va hamjihatlik ulug‘langan yurt” shiori ostida qardosh xalqlar o‘rtasidagi hamjihatlikni targ‘ib etuvchi madaniy-ma’naviy tadbir tashkil etildi.
Tadbirda tuman hokimi o‘rinbosari Muhayyoxon Dadajonova, tuman Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Diloromxon Dodoboyeva hamda “Nuroniy” jamg‘armasi tuman bo‘limi raisi Tursunxo‘ja Abdurahmonov so‘zga chiqib, ko‘p millatli yurtimizda aholi totuv va ahil hayot kechirayotganini ta’kidlashdi. Shuningdek, barcha fuqarolar uchun yaratilayotgan teng imkoniyatlar, o‘zaro hurmat va do‘stona munosabatlar yurt taraqqiyotida muhim omil ekani qayd etildi.
Tuman madaniyat bo‘limi huzuridagi ijodiy jamoalar tomonidan tayyorlangan kuy-qo‘shiqlar, milliy raqslar va sahna chiqishlari bayramga yanada ko‘tarinki ruh bag‘ishladi.
Tadbir ishtirokchilari do‘stlik va hamjihatlik ruhida o‘tgan ushbu bayramdan chuqur ta’sirlandilar va iliq taassurotlar oldilar.
Bizni ijtimoiy tarmoqlarda kuzating!
Tavsiya etamiz
Tavsiya etamiz

Rishton tumanida “Turizm mahallasi” ochildi

Voxim MFYda ikki ko‘chani bog‘lovchi ko‘prik qurilmoqda

Rishton tumani hokimi g‘o‘za parvarishi jarayonlari bilan tanishdi

Турсunxo‘ja Abdurahmonov BMT Bosh qarorgohida bo‘ldi